Gazli içimliklar va boşqa şirin içimliklarni doimiy ravişda iste'mol qilib keladiganlar bedorlik hamda uyquga ketişdagi muammolarga duç kelişini olimlar isbotlaşdi. Bu haqida Sleep Health jurnalida maqola e'lon qilingan.
"Öylaymizki, bu holatda şirin içimliklar içiş odati va uyqusizlik bir-birini kuçaytiradi. Şu sabab ham odamlar bu odatni taşlaşga juda qiynalişadi. Bizning ma'lumotlarimiz körsatadi-ki, gazli içimliklar içiş, semizlik va diabetdan uyquni yaxşilaş bilan kuraşsa böladi", — dedi San-Frantsiskodagi Kaliforniya universitetidan Arik Prater.
Prater va uning hamkasblari bunday xulosaga 19 ming kişining hayotini kuzatiş asnosida kelişdi. Bu odamlar 2005-2012 yillarda ötkazilgan parhez va salomatlikni kuzatiş milliy dasturida iştirok etişgan.
Ular qançalik köp şirin içimliklar içişgan bölsa, samara şunçalik kuçli böldi. Örta holatda beş soat uxlaganlar 21 foiz köproq içimlik içişgan. Olti soat uxlaganlarda esa bu holat 11 foizni taşkil etgan.
















