Fan-texnika | 08:56 / 10.11.2016
6612
1 daqiqa o‘qiladi

General Motors Tramp uchun yangi prezident limuzini yaratish ustida ishlamoqda

General Motors

AQShning General Motors avtokonserni AQShning yangi prezidenti Donald Tramp uchun Cadillac mashinasining yangi modelini yaratish ustida ishlamoqda. Limuzin "Beast" (Yirtqich) deb ataldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yangi prezident limuzini AQShning amaldagi prezidenti Barak Obamanikidan ba'zi jihatlaridan tashqari deyarli farq qilmaydi. Ta'kidlanishicha, jumladan, GM old faralarning yorug‘likni vertikal tarqatish imkoniyati va shinalar chetini o‘zgartirgan.

Ma'lum qilinishicha, bu modifikatsiyadagi avtomobillar 9 tonnadan ko‘proq yuk bosadi va o‘q va snaryadlardan himoyaga ega. "Yirtqich" 1,6 mln dollarga baholanmoqda. 

Fox News’ning eslatishicha, avvalroq Obama uning limuzini tank namunasi ramasi negizida yasalgani haqidagi sirni oshkor qilgan.

 

Mavzuga oid