Özbekiston terma jamoasining sobiq futbolçisi, öz vaqtida Moskvaning «Spartak» jamoasi a'zosi bölgan, ayni vaqtda Toşkentning «Obod» klubini boşqarayotgan mutaxassis Ja'far Irismetov Rossiyaning «Çempionat» naşriga intervyu berdi.

U rossiyalik muxbir Mark Bessonov bilan suhbat davomida uning özbek futboli haqida savoliga ham javob qaytargan va Özbekistonda futbol rivojlanmayotganini qayd etgan.

«Mening hisoblaşimça, keyingi yillarda bizning futbol sönggi yillarda rivojlanmayapti, aksinça orqaga ketmoqda. Bolalar va ösmirlar futboli oqsamoqda. Mana yoşlar terma jamoasi mundialga çiqa olmadik, axir biz sönggi yillarda jamoamizni Jahon Çempionatlarida körişga odatlanib qolgandik», degan Oliy liga debyutanti murabbiyi.

Qayd etiş kerakki, bundan oldinroq Özbekiston milliy terma jamoasining amaldagi boş murabbiyi Samvel Babayan yaqindagina şu naşrga intervyu berib, mahalliy futbol ösib borayotgani haqida aytib ötgandi. Jurnalist esa boşqa bir özbekistonlik murabbiydan ham şu haqda söraşga qaror qilgandi.

Şu bilan birga u Özbekiston terma jamoasining Rossiyada bölib ötadigan jahon çempionatiga çiqiş uçun yaxşi imkoniyatga ega ekanini aytgan.

«Töğri, Babayan natija körsatmoqda, lekin Eronga qarşi sönggi öyinda muammolarimiz körinib qoldi. Özbekiston termasiga saviyali futbolçilar yetişmaydi. Ahmedov va Denisov butsalarini mixga ilgaç, ularni kim almaştiradi? Men öz çempionatimni yomon bilmayman, şu yerda işlayapman. Lekin aytişim kerakki, termani kuçaytirişi mumkin bölgan heç kim yöq», — deya qayd etgan Irismetov.

Irismetov futbolçi sifatida Özbekiston çempioni, mamlakat Kubogi sohibi hisoblanadi. U bir mavsumda gol uriş böyiça Özbekiston çempionati rekordçisidir (37 uçraşuvda 45ta gol). U «Spartak»dan taşqari, Rossiya, Qozoğiston va Ukraina çempionati jamoalari safida öynagan.