17:54 / 11.11.2016
4275

Braziliyaning Petrobras kompaniyasi yirik zarari haqida ma'lum qildi

Braziliya davlat neft kompaniyasi – Petrobras’ning joriy yil uchinchi choragida ko‘rgan sof zarar hajmi 5 marta ko‘paygan va 5,38 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu haqda, RNS kompaniya ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda

Kompaniya 2016 yil ikkinchi choragida 106 mln dollar miqdorida sof daromad olganini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, kompaniya hisobot davrida 21,69 mlrd dollar miqdorida savdo tushumiga ega bo‘lgani haqida xabar qilgan. Bu raqam ham, avvalgi ko‘rsatkichdan 6,38 foizga kam demakdir. 

Hisobotda aytilishicha, kompaniya aksiyalarining har biridan ko‘rilgan zarar 0,41 dollarni tashkil etgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 marta arzonlashgan. Har bir qimmatli qog‘ozdan 0,9 dollargacha zarar ko‘rilgan. 

Top