Xitoy Xalq siyosiy maslahatlaşuv kengaşining Guandun viloyatidagi qömitasi sobiq raisi Çju Mingo 21 million dollar miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilgan va uni qatl etiş hukmi çiqarilgan. Bu haqda China News Service agentligi xabar tarqatdi.
Sud jarayoni XXRning Guansi-Çjuansk muxtor hududidagi Lyuçjou şahrida bölib ötgan. Sud sobiq amaldorni yirik miqdorda pora olişda aybdor deb topgan, pora bergan tomon ma'lum qilinmagan. Şuningdek, mansabdorni umrbod siyosiy huquqlardan mahrum etiş hukmi çiqarilgan. Uning mol-mulki musodara etiladi.
Odatda Xitoyda ölim jazosi hukm öqilganidan keyin qisqa muddat içida ijro etiladi. Biroq ba'zan hukmni ijro etiş muddati ikki yilgaça qilib belgilanişi mumkin — bunda sudlanuvçi oliy jazoning umrbod qamoq jazosi yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiş bilan almaştirilişiga umid qilişi mumkin.
Çju Mingo 2015 yil dekabrida "qonun doirasidan jiddiy ravişda çetga oğişgani" uçun lavozimidan çetlatilgandi. Keyinroq u öz aybiga iqror böldi.
Xitoyda 2012—2013 yillarda Si Tszinpin boşliq «beşinçi avlod» rahbarlari hokimiyat tepasiga kelganidan söng, mamlakatda korrupsiyaga qarşi keng miqyosli kuraş boşlangan.

















