Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev uning xorijga uyushtirgan bir qator tashriflari mamlakat iqtisodiyoti uchun foyda keltirayotgani hamda yangi do‘stlar orttirishga imkon berayotganini ta'kidladi. Bu haqida davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Nazarboyev 24-25 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘ldi, 6-9 noyabrda - Yaponiyaga, 9-11 noyabrda esa Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif uyushtirdi.
"2016 yil oxiriga yaqin mening tashqi iqtisodiy tashriflarim ijobiy notalarda yakunlanmoqda: biz yangi do‘stlar orttirdik, hamkorlarimiz bilan soatlarimizni tekshirdik. Bu qozoq iqtisodiyotining bundan buyongi taraqqiyoti, demak, butun aholi uchun foydalidir", - deydi davlat rahbari.
Nursulton Nazarboyev boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilash, eng avvalo, mahalliy iqtisodiyot uchun yangi imkoniyatlar izlashga qaratilganligini ta'kidladi.










