Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Associated Press agentligiga bergan intervyusida bayonot berişiça, rasmiy Moskva AQŞdagi prezidentlik poygasida Hillari Klinton va Donald Tramp ştablari bilan aloqada bölib turgan.
Peskov bu kabi aloqalarni «tabiiy, me'yordagidek», deb baholagan.
«Bizning ekspertlar va AQŞ hamda xalqaro işlar böyiça mutaxassislarimiz... Ular albatta, doimo bu yerdagi öz hamkasblari, xususan janob Tramp guruhidagilar bilan ham aloqada bölib turadi», — degan Peskov. Uning sözlariga köra, rossiyalik mutaxassislar Hillari Klinton ştabidagilar bilan ham aloqada bölişgan.
Ammo, yangi saylangan prezident Donald Trampning matbuot kotibi Xoup Xiks agentlik bilan suhbatda bu iddaolarni rad etgan bu kabi aloqalar mavjud emasligini qayd etgan.
«Bu kabi aloqalar heç qaçon bölmagan. Saylovoldi kampaniyasi bilan bironta xorijiy tuzilma örtasida bunday muloqot bölmagan», — degan Xiks xonim.

















