Faol hayot tarzi aqliy salohiyatga ijobiy ta'sir körsatib, nafaqat tana, balki miyani "jonlantiradi". 

Translational Research Institute for Metabolism and Diabetes (Moddalar almaşinuvi va diabet transmilliy tadqiqot instituti) tadqiqot instituti bir guruhi köngillilarning muşak töqima namunalarini töplaydi. Ma'lum bölişiça, son sohasidagi muşak töqimasining bir bölagi insonning jismoniy holati haqida köp narsalarni "aytib berişi" mumkin ekan. 

Metabolik faol muşaklar

Ilm-fan hozirda qança muşak töqimamiz borligi va uning qanday holatda ekanligini biliş imkonini beradi. 

Metabolik faol muşaklar - tolalarning zararli yoğlardan xoli turi, uning tarkibida mitoxondriyalar mavjud. Ular bizdagi ortiqça vazn, energiya darajasi va qandli diabet hamda yurak-qon tomir kasalliklariga çaliniş xavfi qançalik yuqori bölişiga ulkan ta'sir körsatadi. Hatto saraton bilan kuraşişda soğayiş imkoni ham muşaklar salomatligiga boğliq ekan. 

Muşak tolalarining bu turi şu qadar muhimki, farmotsevtika kompaniyalari ularni soğ holatda saqlaşga yordam beruvçi dori vositalarini işlab çiqariş böyiça poygani boşlab yuborişdi. Bu jismoniy yoşlikni uzaytiradi va organizmga kasalliklarni tezroq bartaraf qilişga yordam beradi. 

Biz vaqtning ötişi va buning jismoniy holatimizga qanday ta'sir ötkazayotganini sezmay qolişimiz mumkin. Hozir odamlar köp vaqtini ötirib ötkazmoqda, harakatçanlik yöqolmoqda, energiya darajasi asta-sekin pasaymoqda. Buning natijasida biz şifokor huzuriga şoşilamiz va uning tahlillarimizdan köngli tölmaganini köramiz. 

Har qanday vaziyatdan çiqişning yöli bor. Masalan, hayot tarzini faollaştiriş mumkin. 

Mitoxondriyalar

Tadqiqotçilardan biri doktor Bret Gudpasterning aytişiça, muşaklarning kuçi va salomatligi hamda ulardagi mitoxondriyalar soni töğridan-töğri bizning qançalik faol harakatlanişimizga boğliq ekan. 

Aynan nima bilan şuğullanişimizdan (piyoda sayr qiliş yoki oğir jismoniy maşqlarni bajariş) qat'i nazar, muşaklarimiz mikroskopik elektrostansiyalar işlab çiqaruvçi energiyaga muhtoj böladi. 

Muşaklar içidagi nosoğlom yoğ

Asosiysi, çiroyli press yoki biror bir a'zoni mukammallaştirişda emas, muşaklarning içida qança nosoğlom yoğlar borligidadir. U zaharli bölişi va soğlom töqimalarning insulinga sezuvçanligini kamaytirişi mumkin. Bu ortiqça vazn töplaş mexanizmini işga tuşiradi, ozişni murakkablaştiradi va ikkinçi turdagi qandli diabetga olib keladi.