Xalqaro suziş federatsiyasi ikki karra jahon rekordçisi, 26 yoşli rossiyalik suzuvçi Vitaliy Melnikovning doping-namunasida ösiş gormoni aniqlangani sababli uni 8 yilga musobaqalardan çetlatdi. 

Ijobiy namuna Melnikovdan 2016 yil 29 martida olingan. Diskvalifikatsiya 22 apreldan boşlab hisobga olinadi. Bunday katta muddat sportçi öz faoliyatida ikkinçi marta doping bilan tuşayotgani sababli berilgan. Birinçi bunday holat 2013 yilda yuz bergan.

Melnikov 26 yoşda ekanligi hisoga olinsa, bu diskvalifikatsiya uning professional iştiroklariga yakun deganini anglatadi.

Voronyojlik sportçi orqada 100 metrga suziş böyiça Rossiyaning eng kuçli suzuvçilaridan hisoblangan. Sportçi 7 marotaba Rossiya çempioni bölgan, 2013 yilda Universiadani yutgan va mavsumdagi eng yaxşi natijani körsatgan.

Rossiyalik 25 metrlik suv havzasida kombinatsiyalaşgan va aralaş kombinatsiyalaşgan estafetalarda ikki marotaba jahon rekordini örnatgan. Sportçi aralaş kombinatsiyalaşgan estafetadagi rekordiga rossiyalik suzuvçi Yuliya Yefimova bilan birga erişgan.