11 noyabrdan Rossiyaning Urali aholisi "Uralskiye avialinii" aviakompaniyasining Çelyabinsk-Toşkent reysidan foydalanişlari mumkin böladi. "Çelyabinskoye exo" naşrining ma'lum qilişiça, Çelyabinsk va Toşkent örtasidagi muntazam aviaaloqa 11 noyabrda oçildi, birinçi reys böyiça samolyot kunning ikkinçi yarmida jönab ketdi.
Yangi reysning oçilişi tantanali ravişda ötdi. Unda Çelyabinsk viloyati iqtisodiy rivojlaniş vaziri örinbosari Anton Baxayev, Çelyabinsk aeroporti va Havo aloqalari markaziy agentligi rahbariyatlari iştirok etdi.
Yangi yönaliş "Çelyabinsk" xalqaro aeroporti parvozlar jadvaliga kiritildi va 2017 yilning 24 martigaça amal qiladi.
Çelyabinskdan Toşkentga samolyot har haftaning juma kunlari mahalliy vaqt bilan soat 8.35da jönaşi va Toşkentda 10.50 da qönişi rejalaştirilgan. "Toşkent" xalqaro aeroportidan ortga reys ham juma kunlari soat 12.20 da amalga oşiriladi. Samolyot Çelyabinskga 15.35 da yetib keladi.
Parvozlar 160 yölovçini siğdira oladigan şinam "Airbus A-320" samolyotlarida amalga oşiriladi.













