Dubay yöl va transport boşqarmasi haydovçisiz boşqariladigan maşinalarni sinovdan ötkazişni boşladi, ularning har biri 10 kişigaça yölovçi olib yura oladi. Bu haqda Arabian Business xabar bermoqda.

Ayni damda uşbu turdagi transportlar Business Bay tumanida 650 kilometr masofada harakatlanişmoqda.
Boşqarma vakili Ahmed Bahroziyanning sözlariga köra, bu maşinalarda sinov ötkazişdan maqsad, ularning Dubay iqlimi şaroitida harakatlanişini tekşirişdir.

Dubay hukumati strategiyasiga muvofiq 2030 yilga kelib şaharda harakatlanuvçi 25 foiz transport vositasi haydovçisiz boşqariladigan maşinalar böladi.