Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen va Audi’ga qarshi «dizelgeyt» bo‘yicha yana tekshiruv boshlandi
Germaniyadagi Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchisi va uning brendi Audi kompaniyasi tasdiqladiki, Yevropa va AQShdagi regulyatorlar (mashinalar yurishini yoki ishlashini tartibga solib turuvchi) Audi avtomobillaridagi avtomat uzatuv qutisining dasturiy ta'minoti bo‘yicha tekshiruv boshladi. The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, sinov vaqtida mashinaning tashqi muhitga chiqaradigan zararli moddalari hajmi pasaytirib ko‘rsatilgan.
Nashrning qayd etishicha, Volkswagen regulyatorlar bilan bu masalada muhokama o‘tkazgan. Bu «dizelgeyt» mojarosidagi navbatdagi ish sifatida qaralmoqda. Gap benzinda yuruvchi va dizel dvigatellarga ega avtomobillar haqida ketmoqda.
Tekshiruvchilar avtomatik uzatuv qutisidagi dasturiy ta'minotdan laboratoriya sinovlari vaqtida chiqarilgan karbonat angidrid gazi miqdorini kamaytirishda foydalanilgani yoki foydalanilmaganini o‘rganishadi.
Sentyabr oyida Volkswagen kompaniyasi xodimi Jyeyms Robert Lieng Detroytdagi sud majlisida «dizelgeyt» doirasida firibgarlikni tashkil etish maqsadida til biriktirganligini tan olgani xabar qilingandi. U ishlangan gazlarda zararli moddalar mavjudligi haqidagi haqiqiy ma'lumotlarni yashirish imkonini beruvchi dasturni ishlab chiqqanlardan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:43 / 04.07.2026
Jahon avtosanoatida kuchlar muvozanati o‘zgarmoqda
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
18:50 / 11.06.2026
Audi yangi Q7 krossover avlodini taqdim etdi
08:45 / 28.05.2026