Xalqaro jinoyat sudi prokurori Fatu Bensuda AQŞ qurolli kuçlari hamda Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) Afğonistonda söroqlar vaqtida qiynoq qöllaş va boşqa harbiy jinoyatlarni amalga oşirganlari haqidagi ma'ruzani çop etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Sud fikriça, AQŞ idoralari harbiy jinoyatlar, jumladan qiynoqlar, odamlar bilan şafqatsiz munosabatda böliş, şaxs qadr-qimmatini kamsitiş va zöravonlik amalga oşirgan.
Ma'ruzada qayd qilinişiça, AQŞ qurolli kuçlarining jinoyatlari 2003 yil 1 mayidan 2014 yil 31 dekabrigaça kamida 61 kişiga nisbatan amalga oşirilgan.
Ma'ruzada Bensua MRB 2002 yil dekabridan 2008 yil martigaça Afğoniston va sudga a'zo boşqa davlatlar, jumladan Polşa, Ruminiya va Litva hududida 27 kişiga nisbatan harbiy jinoyatlar amalga oşirganini körsatib ötgan.













