Hindiston hukumati tomonidan ötgan hafta e'lon qilingan valyuta islohoti oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi va narx-navoning kötarilişiga olib kelişi mumkin. Öttar-Pradeş ştati transport assotsiatsiyasi boş kotibi Amarjit Singx Bakşi şunday fikrni bildirmoqda. 

9 noyabrda Hindiston yaşirin iqtisodiyot, korrupsiya, qalbaki pul işlab çiqaruvçilar va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraş maqsadida 500 va 1000 rupiy nominalidagi pullar muomaladan olingan edi. Bular mamlakat moliya tizimidagi eng yirik pul birliklaridir. Mamlakat fuqarolari beşinçi kundirki, eski pullarni yangi namunadagi pullarga almaştiriş uçun navbatda turişga majbur bölmoqda. Vaziyatning tobora jiddiylaşuviga pulni almaştiriş uçun me'yor belgilangani va mamlakatdagi aksariyat bankomatlarning yangi pullarga sozlanmagani sabab bölmoqda. 

"Mamlakatdagi mahsulotlarning 80 foizdan ortiği poyezdlarda emas, yuk avtomobillarida yetkazilişi inobatga olinsa, sabzavotlar, dukkakli don mahsulotlari tanqisligi vujudga kelişi mumkin. Bu öz navbatida odamlar orasida vahimaga sabab böladi", — degan Bakşi Times of India naşriga bergan intervyusida. 

Bakşining izoh berişiça, uzoq masofalarga qatnovçilar safar davomida yetarli mablağga ega bölmaganliklari sababli, mayda xarajatlarni amalga oşirişda qiyinçilikka duç kelişmoqda. Bundan taşqari, haydovçilar yukni tuşiriş uçun xizmatçilarga haq tölaşda ham şu kabi taşvişlardan nolişmoqda. Bu esa, mahsulotlarning turib qolişiga olib kelayapti.