AQŞ Xalqaro jinoyat sudining Afğoniston böyiça hisoboti yuzasidan norozilik bildirdi. Hisobotga köra, amerikalik harbiylar va Markaziy razvedka boşqarmasi xodimlari Afğonistonda harbiy jinoyatlar amalga oşirganini taxmin qilişga barça asoslar bor. AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Elizabet Tryudo jurnalistlar uçun matbuot-anjumanida Vaşingtonning fikriça bunday tergovga umuman hojat yöqligini ma'lum qilgan. U şuningdek AQŞ Rim maqomi deb ataluvçi Xalqaro jinoyat sudining (XJS) ta'sis etilişi haqidagi xalqaro şartnomada iştirok etmaganini eslatib ötdi. 

"Biz XJS tomonidan AQŞ xodimlarining Afğonistondagi vaziyat böyiça xatti-harakatlari yuzasidan tekşiruv yoki tergov ötkazilişi maqsadga muvofiq yoki örinli böladi, deb hisoblamaymiz. Ta'kidlaganimizdek, AQŞ Rim maqomida iştirok etmaydi va XJSning sud qiliş huquqini tan olmaydi", deb aytdi Tryudo. 

Sudning boş prokurori Fatu Bensudaning hisobotida aytilişiça, "tekşiruv sudning sud qiliş huquqiga taalluqli kamida quyidagi jinoyatlarga yöl qöyilganiga yetarliça asos borligini körsatdi. Gap asosan 2003-2004 yillarda, ba'zi holatlarda 2014 yilgaça davom etgan, AQŞ qurolli kuçlari tomonidan Afğonistonda va MRBning maxfiy turmalarida qiynoqlar qörinişida amalga oşirilgan harbiy jinoyatlar  va odamlar bilan yomon muomalada böliş kabi jinoyatlar haqida ketmoqda.

XJS prokuraturasi amerikalik harbiylar tomonidan Afğonistonda mahbuslar huquqlarining buzilişiga bir neça marotaba e'tibor qaratgan. Sudning ötgan yildagi hisobotida "jinoyatlar alohida şafqatsizlik va qiynoqlar qurbonlari şa'nini kamsitiş maqsadida amalga oşirilgani" aytilgan.