“Şimoliy Amerikaning eng yaxşi yengil avtomobili, yöltanlamasi va oğir maşinasi” tanlovi taşkilotçilari birinçi örin uçun intilayotgan nomzodlar nomini ma'lum qildi. Ğoliblar keyingi yilning yanvar oyida Detroytda bölib ötadigan motoşouda e'lon qilinadi.
AQŞda eng yaxşi yengil maşina maqomi uçun Chevrolet Bolt elektrokari kuraş olibboradi. Undan taşqari, Genesis G90 va Volvo S90 maşinalari ham ğoliblikka da'vo qilişmoqda.
“Yil pikapi” yönalişi böyiça birinçi öringa Ford F-Series, Honda Ridgeline va Nissan Titan da'vogarlik qilişmoqda. “Eng yaxşi oğir maşina” yönalişida esa Chrysler Pacifica maşinasi, şuningdek, Jaguar F-Pace va Mazda CX-9 da'vogarlar safida.
Ötgan yilda ğoliblar sifatida Honda Civic va Volvo XC90, ungaça esa — Volkswagen Golf va Ford F-150 e'tirof etilgan edi.

























