Har yil bizga moda olamining yangidan-yangi chizgilarini olib keladi. Yangi rang va chiziqlar, yengil shabboda kabi hayotimizga yelib kiradi: ularga har yerda — garderobimizda, ko‘chada, teleekranlarda va internet olamida duch kelamiz. Biz esa bu holatga o‘zgacha yondashamiz va xonadonimiz ko‘rinishi tuyg‘ularimiz hamda kayfiyatimiz bilan uyg‘unlik hosil qilishini dildan istaymiz. Uyning ichki qiyofasini yana ham zamonaviy va go‘zal qilish uchun ba'zan zamonaviy moda talablariga javob bera oladigan yangi gilam yoyishning o‘zi kifoya qiladi.

Bazaar Carpet gilam do‘konlarida Turkiya, Eron, Hindiston, Germaniya va boshqa davlatlarning jahonga mashhur eng yaxshi brendlari tomonidan ishlab chiqilgan gilamlar va gilam qoplamalarining yangi to‘plami taqdim etilmoqda. Ishlab chiqarish usuli o‘ziga xos hisoblanib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan meros sanaladi. Aynan shunday usulda taqdim etilayotgan, turli o‘lcham va ko‘rinishlarga ega o‘n mingdan ortiq gilamlar orasidan xonadoningiz uchun eng munosibini topishingiz mumkin!

Bazaar Carpet gilam do‘konlari O‘zbekiston bozori mijozlari uchun 10 yildan ko‘proq vaqt davomida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shu davr davomida har bir xodim mazkur sohada ko‘p yillik tajriba va mahoratga ega bo‘lib shakllandi va uyingiz qiyofasi uchun eng munosib gilam tanlashda samimiy yordamchi bo‘la oladilar.

Bundan tashqari, do‘kon mutaxassislari sizga gilamni qay yo‘l bilan toza saqlash va asrash bo‘yicha o‘z maslahatlarini ayamaydilar. Ajoyib qo‘shimcha sifatida shuni alohida ta'kidlash lozimki, Bazaar Carpet do‘konlarining barchasida buyurtmachi manziliga borib, gilamlarni o‘lchab berish xizmati ham mavjud.