RT telekanalining jurnalisti, Halabdagi 5ta shifoxonaga zarba berilgani to‘g‘risida axborotni Vashingtonga qaysi tashkilotlar taqdim etganiga oydinlik kiritishni so‘rab Kirbiga savol bergan. Davlat departamenti vakili esa, izohlar uchun Rossiya mudofaa vazirligiga murojaat qilish bo‘yicha maslahat bergan.
«Siz RT’da ishlaysizmi? Nima uchun siz shu savollarni o‘z hukumatingizga bermaysiz? Ulardan harbiy amaliyotlari haqida so‘rang. Ulardan sizlar zarba berayotgan shifoxonalar ro‘yxatini so‘rang»,— degan Kirbi.











