O‘zbekiston | 12:29 / 17.11.2016
6187
2 daqiqa o‘qiladi

Saylov-2016: “Adolat” SDP o‘z nomzodining ijtimoiy tarmoqlaridagi soxta sahifalari haqida ma'lum qildi

Illyustrativ surat

Hurmatli foydalanuvchilar!

Barchangizga ma'lumki, joriy yilning 4 dekabr sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan, barcha nomzodlar o‘zlarining saylovoldi tashviqotini olib borishmoqda. Jumladan, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ham nomzodlarning rasmiy sahifa va akkauntlari mavjud bo‘lib, unda nomzodlar global tarmoq orqali saylovchilar orasiga chuqurroq kirib borishga harakat qilmoqda.

Lekin, yurtimizdagi mazkur jarayonni g‘arazli niyatlarda kuzatib turgan ba'zi insonlar ushbu nomzodlarning ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlarini ochib, go‘yo nomzodlar nomidan turli nomaqbul fikrlar, nojo‘ya ma'lumotlarni tarqatishmoqda. Bu o‘z navbatida, nomzodlarning haqiqiy akkaunt va sahifalari qaysi biri ekanligi borasida foydalanuvchilarda shubha va adashmovchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Bu kabi tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, o‘z nomzodimizning rasmiy sahifalarini hovola qilishni joiz, deb bildik.

Umarov Narimon Majitovichning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi: https://www.facebook.com/n.m.umarov/

Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi: https://twitter.com/umarov_nariman 

Hurmatli saylovchilar, internetdagi turli soxta akkaunt va sahifalardan ehtiyot bo‘ling!

Manba: adolat.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid