Jahon | 09:31 / 18.11.2016
11448
1 daqiqa o‘qiladi

Azonni taqiqlash – Quddusda musulmonlar mavjudligini rad etishga urinishdir

Turkiya din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Mehmet Germez Isroil Knesset tomonidan azonni taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasi muhokamasini qoraladi. Hujjatga muvofiq, Isroilda azonni ovozkuchaytirgichlar vositasida aytishni taqiqlash ko‘zda tutilgan. 

«Bu hujjat Quddusi-sharifda Islom va musulmonlar mavjudligini rad etishga urinishdir. Azon aytishni taqiqlashni qabul qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, u musulmonlarning Quddusdagi tarixiy mavjudligini inkor etish hisoblanadi», - degan Germez.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid