Qualcomm kompaniyasi Snapdragon Technology sammitida yangi çipsetlar avlodi –  Snapdragon 835’ni taqdim qildi. Bu haqda Engadget ma'lum qildi. 

Protsessorning aniq körsatkiçlari ma'lum qilinmagan, biroq şu ma'lumki, u 27 foizga unumdorroq böladi va 40 foizga kamroq elektr energiya iste'mol qiladi.

Snapdragon 835’da qurilmani 2,5 marta tezroq quvvatlaşga imkon beruvçi Quick Charge 4.0 tez quvvatlaş texnologiyasi qöllangan.

Loyihada Samsung kompaniyasining iştirok etişi tasdiqlandi. Aynan uşbu kompaniya yangi protsessorlarni işlab çiqaradi. Yangi çipset 10-nm li FinFET texnologik jarayoni böyiça quriladi.

Qualcomm protsessorning barça körsatkiçlarini yanvarning ilk kunlarida ma'lum qilişga va'da berdi. Yangi protsessorda işlovçi qurilmalar 2017 yil boşidan bozorga çiqarilişi kutilmoqda.