Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Tyumen viloyatida ro‘y bergan yong‘inda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi
Arxiv surat / RIA
Rossiyaning Tyumen viloyati Yurginsk qishlog‘idan 7 km uzoqlikdagi "Absolyut Agro" MChJga qarashli parrandachilik fermasining qurilish maydonida yong‘in yuz bergan. 32 kvadrat metr maydonda yashash uchun o‘rnatilgan vagonlarda yong‘in sodir bo‘lgani oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan. 3ta maxsus mashinada yetib kelgan 8 nafar o‘t o‘chiruvchi alangani o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Baxtsiz hodisada yana 3 kishi jabrlangani xabar qilinmoqda.
Ayni vaqtga kelib, halok bo‘lganlardan olti nafarining shaxsi aniqlangan, deya ma'lum qilgan RIA “Novosti” agentligiga FVV mintaqaviy Bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Sergey Yusko.
Uning ma'lum qilishicha, voqea 19 noyabrga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar shu yerda qurilish ishlarini olib borgan. Fojia sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026