AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp uni köplab marotaba tanqid qilgan siyosatçi Mitt Romni bilan uçraşadi.
Saylovoldi kampaniyasi vaqtida Romni Trampni "qallob" va "bir kunlik kimsa" deb atagan. Tramp esa Romnining 2012 yildagi prezidentlik saylovlaridagi mağlubiyatini "har qaçongidan ham yomonroq" bölganini aytib kelgan.
Biroq OAVda Tramp uçraşuv vaqtida aynan Romniga AQŞ davlat kotibi lavozimini taklif qilmoqçiligi haqida gaplar yuribdi.
Ayni vaqtda Tramp öz ma'muriyatini şakllantirmoqda. Tramp AQŞ boş prokurori lavozimini Alabamadan senator Jyeff Seşnsga taklif qildi. Tramp özining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi etib esa iste'fodagi general-leytenant Maykl Flinni tayinlamoqçi.

















