Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov «Iskander»larning Kaliningradga tashlanishini izohladi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonot berishicha, rasmiy Moskva NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashayotgan ekan, o‘z chegaralarini mustahkamlashga majburdir. Bu haqda TASS agentligi xabar qilmoqda.
U jurnalistlarning Rossiya Kaliningradda raketa majmualarini joylashtirayotgani haqidagi xabarga izoh so‘rab qilgan iltimoslariga shunday javob bergan.
«Rossiya NATO tomonidan uning chegaralariga ekspansiya qilinayotgan bir vaqtda o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘rmoqda. Alyans haqiqatdan agressiv blok hisoblanadi, shu boisdan, Rossiya zarur bo‘lgan barcha narsani amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, ushbu holatda, Federatsiya hududida har qanday kerakli choralarni ko‘rish bo‘yicha suveren huquqlarga ega», — degan Peskov.
Matbuot kotibi ushbu hududga mazkur qurollar majmualari joylashtirilganmi hamda ular u yerda doimiy asosda bo‘ladimi?, degan savolga javob bermagan.
Bundan avval, AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi Rossiyaning Kaliningradga «Iskander» va S-400 raketa majmualarini joylashtirayotganini Yevropa xavfsizligiga rahna soluvchi harakat deya baholagan edi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026