Şanxay hamkorlik taşkiloti uçun BMT, uning turli institutlari va idoralari bilan munosabatlarni rivojlantiriş va bosqiçma-bosqiç çuqurlaştiriş muhim ahamiyat kasb etadi. BMT Boş Assambleyasida ma'ruza qilgan ŞHT boş kotibi Raşid Alimov şunday bayonot berdi.
BMT BA 21 noyabr kuni Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT), MDH va ŞHT bilan hamkorlikni kuçaytiriş töğrisidagi rezolyutsiyani tasdiqladi. Uşbu uçta hujjat ham dastlabki ovoz berişlarsiz qabul qilingan.
"BMTning mintaqaviy taşkilotlar bilan samarali aloqalarni rivojlantirişi va mustahkamlaşi nafaqat mintaqaviy tuzilmalar, balki BMTning özini ham ma'lum bir ma'noda kuçaytiradi", - degan Alimov.
U özining çiqişida qayd etişiça, "ŞHT taşkil etilganidan beri BMTni global xavfsizlikni ta'minlaş böyiça yetakçi xalqaro universal tuzilma, davlatlararo va xalqaro muammolarni hal etiş böyiça asosiy maydon sifatida baholab, uning xalqaro işlarda markaziy muvofiqlaştiruvçi vazifasini kuçaytiriş tarafdori bölib keladi".
ŞHT boş kotibining taassuf bilan uqdirişiça, "zamonaviy dunyo tobora xavfli va oldindan taxmin qilib bölmas darajada özgarmoqda, çaqiriqlar va tahdidlar köpaymoqda, ularning tabiati va xususiyati murakkablaşib boryapti".
Boş Assambleyaning BMT va ŞHT örtasidagi hamkorlik töğrisidagi rezolyutsiyasi "özaro hamkorlikning keng qamrovli yönalişlari böyiça çoralarni birlaştirişga çaqiradi", - deb qayd etgan Alimov.
"ŞHT BMT bilan özaro foydali hamkorlikning har qanday şakliga oçiq hamda qalin va samarali işlaşni davom ettirişga tayyordir", - deya xulosa qilgan ŞHT boş kotibi.

















