Şvetsiya futbol ittifoqi milliy terma jamoaning sobiq hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç haykali terma jamoa öz öyinlarini ötkazadigan Stokgolm «Frends-Arena» öyingohi röparasiga örnatilişi haqida ma'lum qildi.

Duşanba kuni «Mançester Yunayted» futbolçisi bölgan bu futbolçi ketma-ket öninçi marta şvedlarning «Oltin töpi» mukofotini oldi. Bu mukofot Şvetsiyada yilning eng yaxşisi bölgan futbolçiga beriladi. Endilikda Ibrahimoviç hisobidagi bunday mukofotlar soni 11taga yetdi.

Ibrahimoviç öz vatanida ilk marta 2005 yilda eng yaxşi futbolçi sifatida taqdirlangan edi. Keyingi yili «Arsenal»ning sobiq futbolçisi Fredrik Yungberk bu sovringa ega çiqqan, şundan söng Ibrahimoviç bu sovrinni heç kimga bermay kelmoqda.

Şu tufayli Şvetsiya futbol ittifoqi mamlakat tarixidigi eng yaxşi futbolçining 2,7 metr balandlikdagi haykalini örnatişga qaror qilgan.

Ibrahimoviç Şvetsiya terma jamoasi safida 116 uçraşuvda maydonga tuşib, 62 gol urgan.