Turkiya qurolli kuçlari qöllab-quvvatlayotgan "Suriya ozodlik armiyasi" Al-Bob şahri IŞID jangarilaridan ozod qilinişi ortidan Manbij şahriga hujum boşlaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ma'lum qilgan.
"Al-Bob olingaç, biz Manbijga yuriş qilamiz. U yerda suriyalik kurdlarning terroristik taşkiloti joylaşgan.
Ular şarqqa ketişlari kerak. Ular şunga va'da qilişgandi. Ularning bir qismigina ketgani haqida aytişmoqda. Axir bu yer ularniki emas, bu yerda azaldan arablar yaşab kelgan. Arablar öz yerlarida yaşaşda davom etaverişsin, bizning bu hududga da'volarimiz yöq", — degan Erdöğan Anqaradagi harbiy akademiya bitiruvçilari qarşisida qilgan çiqişida.
U qöşimça qilganki, Turkiya xavfsizligi ta'minlanişi uçun, xavf çegaraga qadar yetib kelişini kutib turmaslik kerak, bil'aks, uni uzoqroqda bartaraf etmoq lozim.
Turkiya armiyasi şu yilning 24 avgustida IŞIDga qarşi kuraş doirasida Suriya şimoliga tanklarini olib kirdi va "Frot qalqoni" amaliyotini boşladi. Keyinroq harbiy harakatlar Suriya şimolidagi kurdlarga qarşi ham qaratilgani ma'lum böldi.
Erdöğanning iddao qilişiça, Turkiya Suriya şimolida qoçqinlar uçun 5 ming kv km maydonda xavfsiz hudud barpo etmoqçi.
Suriya şimolida turkiyalik harbiylar mahalliy kurd bölinmalariga doimiy ravişda hujum uyuştirib turadi, ular Suriyadagi kurdlarni Turkiyadagi Kurdiston işçilar partiyasi bilan aloqador deb hisoblaydi.


















