Qozoğistonning mustaqillik yillarida erişgan asosiy yutuqlari respublika parlamenti palatalarining qöşma majlisi çoğida muhokamaga kiritilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

Qozoğiston 16 dekabrda mamlakat mustaqilligining 25 yilligini nişonlaydi. Uşbu bayram munosabati bilan respublikada turli tantanalar ötkazilmoqda. 

"Qozoğiston mustaqilligining 25-yilligiga bağişlangan deklaratsiya — juda muhim tarixiy davrga bağişlangan hujjatdir. Uşbu qisqa davr içidagi barça natijalar va yutuqlar — millat yetakçisi Nursulton Nazarboyev nomi bilan boğliq. Şu bilan birga, bu prezidentga har tomonlama yordam bergan mamlakat birligi natijasidir. Şuning uçun ham, uşbu hujjatni muhokama qiliş mustaqillik yubileyining ahamiyatini oşiradi", — degan Qozoğiston parlamenti quyi palatasi raisi Nurlan Nigmatulin.

Bundan avvalroq, parlament palatalari qöşma majlisida, Qozoğiston poytaxti Ostona şahrini Nazarboyev şarafiga qayta nomlaş taklifi bildirilgani haqida xabar qilingan edi.