Jamiyat | 16:55 / 23.11.2016
5232
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukraina fuqarolari pasportlarida rus tili taqiqlanishini qo‘llab-quvvatladi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko pasportlarda shaxsiy ma'lumotlarni rus tilida ko‘rsatish borasidagi taqiqlov taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Ukrainaning «Vesti» nashri xabar bermoqda.

«Ukraina fuqarosi pasportida, Ukraina Yuqori Radasi davlatga qarshi tajovuzkor deb tan olgan mamlakat tilida takrorlash borasidagi norozilikni qo‘llab-quvvatlayman», - deyiladi davlat rahbari rasmiy saytida joylashtirilgan petitsiyaga Poroshenkoning javobida.

Prezidentning fikriga ko‘ra, ukrainalik fuqarolarning pasportlarida rus tili o‘rniga ingliz tili ishlatilishi kerak.

Tashabbus 25 mingdan ortiq ovoz olgach, Poroshenkoning ko‘rib chiqishiga kelib tushdi.

Eslatib o‘tamiz, oktabrda Ukraina infratuzilma vaziri Vladimir Omelyan mamlakat aeroportlarida rus tilidan foydalanmaslikka chaqirgandi. Bunga qadar u davlat temiryo‘l transportida rus tilida ma'lumot berilmasligi haqida ham ma'lum qildi.

Sentyabrda esa Ukraina ta'lim vazirligi xodimlarini ishda davlat tilida so‘zlashishini majburiy qilib qo‘ydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid