Internet tarmoğida ajoyib surat tarqaldi. Unda Özbekistonda işlab çiqarilgan maktab daftari, uning ustida ajdodlarimizdan birining surati bor. Yaxşi öylangan, çunki öquvçilar şu asnoda öz ajdodlari kimlar ekanligini daftarlariga har gal boqqanlarida yodga olişadi.

Ammo...

Mana şu daftardagi suratda Abu Rayhon Beruniy surati, uning ostida esa “Abu Ali Ibn Sino” yozuvi bor.

Bu hali hammasi emas...

Gibrid allomaning tuğilgan yili (1441-1501) etib körsatilgan. Bu yillarda na Beruniy yaşagan, na Ibn Sino. Yanglişmasam bu Alişer Navoiyning tuğilgan va vafot etgan sanalari.

Ertaga katta bölayotgan jiyanim: Beruniyni körsatib, “Gapimga javob mana şu odam Ibn Sino böladi”, desa nima deb javob qaytaraman?

Sarvar Anvar öğli tayyorladi