Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan tomonidan 2019 yil 17 aprel kuni 968-sonli Qarorni imzoladi. Hujjatning ikkinçi bandida Istanbuldagi Soğliq bilimlari universitetining Buxoro şahrida kolleji oçilişi belgilangan, deya xabar beradi Resmi gazetasi.
Tibbiy xizmatlar kolleji Ibn Sino nomida böladi. Soğliq bilimlari universiteti rektori professor Javdat Erdöl kollej oçilişidan mamnunligini bildirgan .
«Özbekiston bizning ota yurtimizdir. Özbek qardoşlarimiz bilan madaniyatimiz ham, tariximiz va umidlarimiz ham bir. Bizning qardoşligimiz bugun paydo bölib qolgani yöq, bu ötmişdan, tarixning tub-tubidan kelayotgan aloqalardir.
Qalbimiz jöğrofiyasining törida joylaşgan Özbekistonni tibbiyotdan tortib boşqa sohalarda ham qöllab-quvvatlaşga şaymiz va bundan ğurur tuyamiz.
Özbekistonning tibbiyot ta'limi böyiça ehtiyojlarini hisob olgan holda dastur işlab çiqib, kollejni oçamiz. Özbek öquvçilarimiz, 83 yildan söng prezidentimiz Rajab Toyyib Erdöğan taşabbusi va qöllab-quvvatlaşi bilan kuldan qayta bino bölgan universitetda ta'lim olişdan butun umr faxrlanib yuradilar».
Ma'lumot uçun, Sulton Abdulhamid II 1894 - 1903 yillarda Maktabi Tibbiyoyi Şohonani qurdirgan. Aynan uşbu ta'lim maskani bugungi Soğliq bilimlari universitetiga poydevor bölgan. Universitet Anqara, Mogadişo va Nyasa şaharlarida bölimlariga ega.













