AQŞ prezidenti Barak Obama 23 noyabrda mamlakat rahbari sifatida sönggi marta Şukronalik kuni arafasida kurkani "afv etiş" qadimiy milliy an'anasini bajo keltirdi.
Marosim Oq uyning Puşti boğida ötkazildi. Unda bir neça ön kişi iştirok etdi hamda 10 daqiqaça davom etdi. Obama mehmonlar oldiga ikki öğil bola jiyani bilan çiqdi. Obama keyinroq uning qizlari Maliya va Saşa marosimda iştirok etişa olmagani, şuning uçun unda jiyanlari Ostin va Aaron Robinsonlar iştirok etayotganini ma'lum qilgan. Obama "bu bolakaylar Maliya va Saşa kabi Vaşingtonga bepisand qaramaydilar" deb hazillaşgan.
Obama nutqi davomida bir neça marta hazil ohangdan jiddiy ohangga ötgan va yana aksinça yöl tutgan. U jumladan "AQŞ prezidentlari avlodlar davomida ikki an'anaga – Şukronalik kunini e'lon qiliş va hayotda ikkinçi imkoniyatni olişga umid qilayotganlarni afv etişga amal qilib kelganlarini" aytdi. "Biz bu haftada unisini ham, bunisini ham qildik" deb aytgan Obama mayda jinoyatlarni amalga oşirgan köplab jinoyatçilarning afv etilganini közda tutib.
"Bu yilda biz şukur aytişimizga sabablar köp", deb aytgan Obama va şu munosabat bilan mamlakatda yangi iş örinlari yaratilgani, bandlik darajasining oşgani, iqtisodiyotning tiklanayotganini eslatib ötgan.
Bu orada esa Tot laqabli kurka ötloq ustida "gerdaygança" sayr qilib yurgan. Söngra kurka maxsus yaratilgan şohsupaga çiqarilib, Obama uni "afv etgan". Yaqin orada esa Teytor laqabli yana bir kurka bölgan. Obamaning aytişiça, bu kurkaga "Tot öz majburiyatlarini bajarişdan voz keçadigan bölsa, bu majburiyatlar unga ötadigan vitse-kurka" vazifasi topşirilgan.
Ikki kurka ham Ayova ştatida boqilgan. Endi ular "pensiyaga" çiqadilar va Virginiya ştatining Texnologik universitetiga jönatiladilar. Kurkalarni u yerda talabalar va veterinarlar parvariş qiladilar.
Obama Puşti boğdagi marosimdan keyin turli uruşlar faxriylari yaşaydigan qariyalar uyiga taşrif buyurib, u yerda rafiqasi Mişel va qizi Saşa bilan şaxsan özi qariyalarga bayram taomidan tortiq qilgan.
AQŞda Şukronalik kuni noyabrning 4-payşanbasida nişonlanadi. Joriy yilda u 24 noyabrga töğri kelmoqda.
Bu an'ana va kurkaning bayramona dasturxonga tortilişi 1621 yilga borib taqaladi. Öşanda birinçi köçmançilar Massaçusets ştati hududida yaşagan hindularni hosil uçun Tangriga birgalikda şukronalar aytişga taklif etişgan. Hindular köçmançilarga ular avval körmagan quşni sovğa sifatida olib kelişgan. Şundan keyin bu quş kurka (indeyka) deb atala boşlagan. Öşandan beri kurka uşbu bayramning ajralmas qismi bölib keladi. Uşbu bayram 1863 yilda Avraam Linkoln prezidentligi vaqtida milliy bayram maqomini olgan.

















