Özbekistonda qişloq xöjaligi texnikalari işlab çiqiş va ularga texnik xizmat körsatişni yaxşilaş maqsadida «Özagrotexsanoatxolding» AJ taşkil etiladi. Bu 2016 yil 17 noyabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining qişloq xöjaligi texnikalari işlab çiqariş, sotiş va servis xizmati körsatiş hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarga mexanizatsiyalaşgan xizmatlarni körsatiş böyiça maxsus aksionerlik jamiyatini taşkil etiş töğrisidagi qaroriga binoan amalga oşiriladi. Qimmatli qoğozlar bozorini rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş markazi şu haqda xabar qilmoqda. 

Xolding tarkibiga bir neçta kompaniyalar kiradi, ularning nizom jamğamasidagi davlat uluşlari hisobidan xoldingning nizom jamğarmasi taşkil etiladi. 

Şuningdek, «Agrobank» ATBning nizom jamğarmasini 2017-2019 yillarda bosqiçma-bosqiç 250 mlrd sömga köpaytiriş belgilangan. 

Bundan taşqari, yangi taşkil etiluvçi "Özagrotexsanoatxolding", qayta taşkil etiluvçi «Özagrotexmaş» va «Özagroservis» kompaniyalari, strategik xom-aşyoni birlamçi qayta işlovçi va işlab çiqariş sohasidagi aksiyadorlik kompaniyalari röyxatiga kiritilişi ta'kidlangan. Şunga köra, ular ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan tovar va xizmatlarni arzon narxda yetkazib beruvçi tabiiy monopoliyalar sifatida qayd etiladi. Şu sababli, bu kompaniyalarning nizom jamğarmasida kamida 15 foizlik xorijiy kapital bölişiga doir qonunçilik talabi joriy etilmaydi.