Özbekistonlik erkin kuraşçi Soslan Tigiyev 2008 yilgi Pekindagi Olimpiadada 74 kg gaça vazn toifasida qölga kiritgan kumuş medali Belarus vakili Murod Gaydarovga berildi. Özbekistonlik sportçining doping-namunasi qayta tekşirilgandan keyin Birlaşgan kuraş olami (UWW) şunday qaror qabul qildi. Bu haqda podrobno.uz naşri xabar bermoqda.
UWW Xalqaro Olimpiya qömitasi doping qöllagani uçun medallardan mahrum etilgan 2008 yilgi Olimpiada iştirokçilarining qora röyxatini çop etgandan keyin medallarni qayta taqsimlaşga qaror qilgan. Butunjahon aksildoping agentligi qoidalariga köra doping-namunalar yangi usullar va texnologiyalar çiqqandan keyin ularni qayta tekşiriş maqsadida 10 yil davomida saqlanadi.
Medallardan mahrum etilgan sportçilar qatoriga şuningdek Pekinning erkin kuraş böyiça kumuş medal sohibi Taymuraz Tigiyev (96 kg, Qozoğiston), yunon-rumça kuraş böyiça kumuş medal sohiblari Vitaliy Ragimov (60 kg, Ozarboyjon) va Hasan Baroyev (120 kg, Rossiya) hamda bronza medal sohibi Aset Mambetov (96 kg, Qozoğiston) kiritildilar.

















