Yamaykalik sprinter Useyn Bolt Pekindagi 2008 yilgi Olimpiadada 4x100 m estafeta yugurişda milliy terma jamoa safida qölga kiritgan oltin medalini uning jamoadoşi Nesta Karterning doping-namunasi ijobiy çiqqani sababli Xalqaro Olimpiya qömitasiga qaytarib berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Albatta, medalni qaytarib beriş xuş kelmaydi, biroq XOQ şuni talab qilmoqda. Şuning uçun men medalni qaytarib berdim", deb aytgan Bolt.

25 yanvarda XOQ Karter namunasida metilgeksanamin moddasi aniqlangani sabab Pekin Olimpiadasida oltin medalni qölga kiritgan Yamayka terma jamoasi natijasini bekor qildi. Keyinroq Karter XOQ qarori ustidan Sport hakamlik sudiga şikoyat arizasi berişi ma'lum bölgan.

Bolt estafetada qölga kiritilgan ğalabasi evaziga 9 karra Olimpiya çempioni hisoblanardi. Natija bekor qilingandan keyin Boltning oltin medallari bittaga kamaydi va u yengil atletikaçilar orasida 9 tadan oltin medal qölga kiritgan amerikalik sprinter Karl Lyuis va finlyandiyalik yuguruvçi Nurmi Paavo bilan bu boradagi birinçilikni bölişişni qöldan çiqardi. 

Endi bu oltin medal Trinidad va Tobago terma jamoasiga beriladi, kumuş medallar esa yaponiyalik sportçilarga, bronza medallari esa braziliyaliklarga nasib qiladi.