Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy AQSh Pekin Olimpiadasini boykot qilishni muhokama qilmaganini ma'lum qildi
Oq uy matbuot kotibi Jyennifer Psaki AQSh o‘z ittifoqdoshlari bilan 2022 yilda Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiadani boykot qilishni muhokama qilmayotganini ma'lum qildi.
“Biz ittifoqdoshlar va hamkorlar bilan hech qanday boykotni muhokama qilmaganmiz”, deb ma'lum qilgan Psaki jurnalistlarga.
Avvalroq AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays jurnalistlarga AQSh ittifoqdosh davlatlar bilan Pekin Olimpiadasini boykot qilishni muhokama qilayotganini ma'lum qilgan. Biroq keyinroq davlat departamenti bu bayonotni rad etgan.
Psakining ta'kidlashicha, Vashington umumiy yondashuv ishlab chiqish uchun hamkorlar bilan barcha darajalarda maslahatlashuv olib boradi, biroq o‘z pozitsiyasini o‘zgartirish niyatida emas.
Pekin Olimpiadasini boykot qilish mavzusi AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgani ortida paydo bo‘ldi. Vashington Pekinni inson huquqlarini poymol qilish va uyg‘urlar genotsidida ayblamoqda, Pekin esa ushbu ayblovlarni rad etmoqda.
Mart oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan siyosati tufayli Pekin Olimpiadasini boykot qilish g‘oyasini tanqid qilgandi. “Sizda biror davlat bilan ziddiyat bo‘lsa, buning uchun davlatingiz sportchilarini jazolashning nima keragi bor? Tarixdan saboq olish kerakligini tavsiya qilishim mumkin: Olimpiadalarning boykot qilinishi hech qachon natija bermagan”, deb ta'kidlab o‘tgan Bax.
U bunga misol tariqasida Afg‘onistondagi urushga norozilik sababli 1980 yilgi Moskva Olimpiadasi boykot qilinganini eslab o‘tgan. “Natijada esa urush 1989 yildagina yakunlangan”, deb aytgan XOQ prezidenti.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026