Xalqaro olimpiya qömitasi 2008 va 2012 yillarda Pekin hamda London şaharlarida ötkazilgan Olimpiadalarda iştirok etgan 63 sportçida doping aniqladi. Bu haqda Norvegiyadagi NRK telekanali saytida xabar qilindi.
Doping test natijalari ijobiy çiqqan 63 sportçidan 15 nafari bu olimpiadalarda oltin medal olgan sportçilardir.
Doping test natijalari ijobiy çiqqan sportçilar orasida Özbekiston, Rossiya, Belarus, Bahrayn, Xorvatiya, Turkiya, Armaniston, Ozarboyjon, Qozoğiston, Moldaviya, Ukraina, Gruziya, Yamayka, Xitoy, Gretsiya, Ispaniya, Kuba, Germaniya va Qatar vakillari bor.
Bundan oldinroq XOQning kommunikatsiyalar böyiça komissiyasi a'zosi Alen Lyuntsenfixter öz tvitteri orqali 2008 va 2012 yilgi Olimpiya öyinlarida iştirok etgan 182 nafar sportçining doping namunasi ijobiy natija bergani haqida yozgandi. Ularning 103tasi yengil atletikaçilar va 50tasi oğir sport turlari bilan şuğullanuvçilar orasida aniqlangani aytilgandi.
XOQ sportçilarning doping namunalarini saqlaş muddatini sakkiz yildan ön yilga uzaytiriş xususida qaror qabul qilganidan söng, 2008 yildan boşlab barça namunalar qayta tekşirilişi haqida e'lon qilgan edi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston 2008 yilgi Pekin Olimpiadasiga 56 nafar sportçi yuborgan, unda 1 oltin (Artur Taymazov), 2 kumuş (Abdullo Tangriyev, Soslan Tigiyev) hamda 3 bronza (Anton Fokin, Rişod Sobirov, Yekaterina Xilko) qölga kiritilgandi.

2012 yili London şahri mezbonlik qilgan Olimpiadada esa 53 nafar sportçi Özbekiston şarafini himoya qildi. Yakunda bitta oltin (Artur Taymazov) hamda ikkita bronza medal olindi (Rişod Sobirov va Abbos Atoyev). Soslan Tigiyev olgan bronza medal esa 2012 yili doping tufayli qaytarib olingan va boşqa sportçiga berilgandi.
Sayt xabariga köra, Özbekistonning 2008 yilgi Olimpiadada qölga kiritilgan bitta oltin va bitta kumuş medali şubha ostida - Artur Taymazov va Soslan Tigiyev.


















