Italiyaning Ferrero qandolat kompaniyasi matbuot tomonidan tarqatilgan xabar yuzasidan içki tergov işlarini yölga qöydi. OAVda köpçilik uçun sevimli bölib qolgan "Kinder-syurpriz" şokoladlarini işlab çiqarişda bolalar mehnatidan foydalanganlik haqida ma'lum qilingan. ABC telekanalida şu haqida xabar qilindi.
Kompaniya xodimlarining işontirib aytişiça, uning içki qoidalari bolalar mehnatidan foydalanişni taqiqlaydi va ma'muriyat şartnoma böyiça hamkorlik qiluvçi pudratçi firmalarning bu qoidalarga amal qilişini nazorat qiladi.
"Biz Ruminiyada bunday tajribaning qöllanişi borasidagi gap-sözlardan şokka tuşdik va bundan qattiq taşvişdamiz, - deydi Ferrero kompaniyasi vakili. - Biz haqiqat qaror topişi uçun darhol içki tergov işlarimizni boşlab yubordik".
Bundan avval Britaniyaning The Sun gazetasi Ruminiyada "Kinder-syurpriz" şokolad tuxumlarining içiga joylanadigan öyinçoqning yelim konteynerlarini voyaga yetmagan bolalar qadoqlayotgani haqida xabar bergandi. Gazeta jurnalistlari Ruminiya oilasidan intervyu olişgan. Ma'lum bölişiça, ularning 3 nafar farzandi (6 yoşdan 11 yoşgaça) pudratçi-firmalarning biridan materiallarni olib, şu iş bilan şuğullangan. Oila a'zolari qadoqlangan har mingta öyinçoq uçun 20 ley (6,33 AQŞ dollari) olişgan.

















