Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toşkent şahri saylovçilari bilan uçraşdi. Nomzodning uçraşuvdagi nutqi töliq holda «Toşkent oqşomi» gazetasida çop etilgan.

Jamoat transportini rivojlantiriş masalalari. Poytaxtimizda jamoat transportidan foydalaniş masalasi bugungi kunda dolzarb bölib qolmoqda.

Bu borada avtobus, metro va boşqa turdagi jamoat transportlarining faoliyatini kengaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Şundan kelib çiqqan holda, kelgusi 5 yilda umumiy qiymati qariyb 390 milliard söm bölgan 4 ta loyihani amalga oşiriş közda tutilmoqda.

Şaharda serqatnov, tirband hududlar böyiça 80 ta yangi avtobus yönalişi taşkil etiladi. Har yili katta va örta siğimdagi 100 ta avtobus xarid qilinadi. Bu maqsadlarga mahalliy byudjyet hisobidan 335 milliard söm mablağ yönaltiriladi.

Yengil avtomobil haydovçilariga qulaylik yaratiş maqsadida şaharning Mirzo Uluğbek, Sirğali va Yaşnobod tumanlarida 4 ta köp qavatli avtogarajlarni quriş işlari boşlab yuborildi. Şunday garajlarni barpo etiş maqsadida kelgusi 5 yilda yana 84 ta loyiha amalga oşiriladi.

Misol uçun, Sirğali tumanining “Sirğali-6” mavzesida joylaşgan 400 ta avtomobilga möljallangan köp qavatli avtogaraj qurilişiga jami 7,5 milliard söm mablağ sarflanib, u 2017 yilda işga tuşiriladi.

Toşkent metrosi qurilişini davom ettiriş yuzasidan 2017-2020 yillarda umumiy qiymati 295 million dollar davlat byudjyeti, Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hisobidan uzunligi 10 kilometrdan iborat 8 ta stansiyani öz içiga olgan 2 ta loyihani işlab çiqiş ta'minlanadi.

Şaharning halqa yöli böylab uzunligi 66,3 kilometr bölgan temir yöl transport vositasini – ya'ni, elektriçkani yölga qöyiş bilan boğliq loyiha amalga oşiriladi. Bu loyihani 2017-2030 yillarda amalga oşiriş uçun davlat byudjyeti va mahalliy byudjyetlar hisobidan 189 million dollar mablağ yönaltiriladi.

Toşkent şahri aeroportida 2019-2020 yillarda yangi xalqaro terminal qurilişi amalga oşiriladi. Buning uçun davlat byudjyeti, Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hisobidan 336 million dollar mablağ yönaltiriladi.

Yöl va yöl ötkazgiçlar tarmoqlarini rivojlantiriş masalalari.

Sönggi vaqtda yangi keng avtomobil yöllari va köpriklar, çorrahalar barpo etilgani poytaxtimiz yöllarida qatnovni bir maromda ta'minlaş imkonini bermoqda.