Endilikda «Qöqon – Marğilon – Andijon» yönalişi böyiça har kuni ikkitadan elektropoyezd yölovçilarga xizmat körsatadi. Uşbu yönaliş Andijon va Farğona viloyati aholisi uçun xavfsiz va arzon transport turi sifatida katta qulaylik böldi, deb xabar bermoqda «Özbekiston temir yöllari»
Qayd etilişiça, yangilangan variantdagi zamonaviy va qulay elektriçkada yölovçilar uçun barça şaroitlar mavjud. Vagonlarda qişda issiq, yozda salqin harorat ta'minlanadi. Yölovçilar vagondagi yumşoq örindiqlardan joy olib, örnatilgan monitorlarda manzilga yetgunga qadar konsert dasturlarini tomoşa qilib, yangiliklardan ham xabardor böladi.

Ertalabki soat 06:22da Qöqon vokzalidan çiqqan poyezd soat 9:03da Andijon vokzaliga yetib keladi. Masofaning umumiy uzunligi 136 kilometrni taşkil etib, elektriçka bu yölni 2 soat 45 daqiqada bosib ötadi. Andijondan şu poyezd soat 10:10da jönab Qöqon şahriga soat 12:57da qaytadi. Soat 14:50da poyezd yana şu yönaliş böyiça orqaga qaytib Andijonga 17:55da kirib boradi. Bir kunlik sönggi reys 20:55da Qöqon şahriga yölovçi poyezdining kirib borişi bilan yakunlanadi.
Elektriçka öz yölida 9ta vokzalda töxtab ötadi. Qöqondan Oltiariqqa çipta narxi 3000 söm, Quva va Marğilongaça – 5000 söm, Qöqondan Andijongaça esa – 7000 sömni taşkil etadi.
Ta'kidlanişiça, «Qöqon – Marğilon – Andijon» yönalişi uçun qatnovga qöyilgan elektriçkalar ham tarmoq tasarrufidagi vagon depolarida qayta ta'mirlanib, yölovçilar uçun ham xavfsiz, ham qulay va sifatli körinişga keltirildi. Ayni paytda «Toşkent – Xöjakent –Toşkent» hamda «Toşkent – Guliston – Toşkent» yönalişida harakatlanadigan elektriçkalar ham sifatli ta'mirlaş jarayonidan ötkazilmoqda.

















