Germaniyaning Daxau şahrida yaşovçi 24 yoşli yigit temir yöl izlariga yiqilib, uning ustidan ikkita elektriçka ötib ketgandan keyin ham tirik qoldi. Bu haqda Sueddeutsche Zeitung naşri xabar bermoqda. 

Ikki qöli va oyoğidan ajragan yigit ertalab öz poyezdini kutayotgan 2 yölovçi tomondan aniqlanmagunça izlarda yana 40 daqiqaça yotgan. 

Politsiya va şifokorlar yetib kelganda yigit hali huşida bölgan. U Myunxendagi şifoxonaga barqaror holatda yetkazilgan. Yigitning hayoti xavf ostida emas.

Kuzatuv kameralari tahlil qilinganda jabrlanuvçi tonggi soat 4da stansiyaga zinalar orqali tuşgani, çayqalgança perron çekkasigaça borib, söngra muvozanatini yöqotib, relslar ustiga tuşgani aniqlangan. Yigitning qonida 1,8 promille miqdorida alkogol aniqlangan.

Elektriçkalar haydovçilari tonggi ğira-şirada relsda yotgan mast yigitni payqaşmagan va uning ustidan bosib ötib ketişgan.