Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov öz mamlakati Şanxay Hamkorlik taşkiloti bilan transport va boşqa sohalarda hamkorlikni kengaytirişini istaydi. Bu haqda TASS muxbiri ŞHT boş kotibi Raşid Alimov va turkmanistonliklar yetakçisi örtasidagi uçraşuv asosida ma'lum qilgan.
Prezident Alimovga ŞHT mamlakatlarining transport sohasidagi hamkorligi böyiça bergan batafsil ma'lumotlari uçun minnatdorçilik bildirgan hamda şu va boşqa sohalarda taşkilot bilan hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanini qayd etgan.
Alimov va Berdimuxamedov uçraşuvi Aşxobodda BMT şafeligida 26-27 noyabr kunlari davomida ötayotgan barqaror transport böyiça birinçi global konferensiya doirasida bölib ötgan. Alimov ŞHTning transport tizimlarini rivojlantirişdagi faoliyati haqida batafsil gapirib, Turkmaniston prezidenti e'tiborini xalqaro avtomobillar qatnovi uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça hukumatlararo kelişuv tuziş masalasiga qaratgan.
ŞHT boş kotibi taşkilotning Bişkekdagi sammiti vaqtida qabul qilingan ŞHT yöl dasturi loyihasini işlab çiqiş boşlangani haqida ma'lum qilgan.

















