Samarqandda «Valday» muloqot klubining X Osiyo konferensiyasi ötkazilmoqda. «Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik çaqiriqlari oldidan köp tomonlama hamkorlik» mavzusida ötkazilayotgan bu konferensiyada Şanxay hamkorlik taşkilotining sobiq boş kotibi tojikistonlik Raşid Alimov ham qatnaşdi. U Rossiya va Xitoyni mintaqa uçun ikki muhim mamlakat deb atadi.
«Mintaqa mamlakatlari uçun Rossiya va Xitoy eng işonçli hamkorlar hisoblanadi. Parvozga şaylanayotgan Örta Osiyoning qanotlari aynan Rossiya va Xitoy. Mintaqa mamlakatlari özaro hamkorlik orqali rivojlanişi mumkin. Oxirgi yillarda mamlakatlar örtasidagi savdo aylanmasi ösib bormoqda. Xitoy va Rossiya mintaqaning dominantlari emas, mavjud hamkorlardir.
Rossiya, Xitoy va mintaqadagi 5 ta mamlakatning özaro tovar aylanmasi bir yilda 20 foizga, ya'ni 25-27 milliard dollarga oşdi. Taqqoslaş uçun AQŞ va Markaziy Osiyo örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 2,7 milliard dollarni taşkil qiladi. Gap taqqoslaşda ham emas, hamma öz hamkorini özi topadi.
Erişilgan yutuqlardan havolanib, töxtab qoliş emas, işonçli hamkorlar bilan işlaşda davom etiş kerak»,— deb Alimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















