Suriyaning Halab şahrida yaşovçi Bana ismli qizça yarim vayron bölgan va uruş girdobida qolgan şahri haqida blog yuritadi. Uning yoşi yettida. Şu bois bu işda unga onasi yordam beradi. Bana front çiziğida röy berayotgan dahşatli kadrlarni tuşirişga muvaffaq bölgan.

Bananing tvitterdagi sahifasida yuz mingdan ziyod obunaçi bor. Mard qizça haqida “Garri Potter” kitobi muallifi Joan Rouling öz blogida yozib qoldirgan va qizçaga kitoblarining elektron nusxasini jönatgan. Şundan söng Banaga dunyo ommaviy axborot vostitalari öz diqqatini qaratdi.
«Döstim Joan Roulingga salom. Men kitobingizni mutolaa qilişni boşladim. Siz mening yuragimdasiz. Rahmat! Bana.
«Bana, bu meni juda xursand qildi! Senga va ukanga baxt tilayman!»

Bananing har kunlik hayoti juda qörqinçli. Bir safar uning blogida mana şunday sözlar yozildi.

«Xayrli tong, Halab. Biz hali tirikmiz. Bana»

Gohida qizçaning örnidan uning onasi — ingliz tili öqituvçisi yozib turadi. Hayajonga soluvçi kadrlarni e'lon qiladi.

«Körib turganingizdek, biz istalgan payt nobud bölişimiz mumkin. Mana bu bomba juda yaqinda portladi. Men dunyoga qarab murojaat qilaman — bizni hoziroq qutqaring».

Bana tomonidan tvitterda e'lon qilingan tasvirlarning eng qörqinçlisi uning fikriça, Halabga bomba tuşayotgani aks etgan kadrlardir.

«Döstlar, bu oy emas, bu ayni paytda tuşayotgan bombadir. Bugun biz uçun duo qiling. Men qörqayapman Bana»

«Agar mana bu bizning uyimiz bölganida, men sizga hozir yozmayotgan bölardim».