Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk Yevropa Ittifoqi yevrointegratsiya borasida tanaffus qilişi lozim deb hisoblamoqda. Uning fikriça, katta sur'atlarda kengaygan taşkilot endilikda yangi qoidalar asosida rivojlaniş haqida qayğurişi kerak. Siyosatçi Die Welt naşriga bergan intervyusida şunday bayonot bergan.

Uning sözlariga köra, YeI rahbariyati juda tez kengaygani bois, bu jarayonni mamlakatlarning barça fuqarolari ham birdek ijobiy qabul qila olmagan. 

«Biz tanaffus qilişimiz va oldinda qanday maqsadlarni qöyamiz hamda qay yösinda rivojlanamiz, şu haqda öylab olişimiz kerak», — deb takidlagan Gauk.

GFR prezidenti fikriça, YeIning hozirgi asosiy vazifasi ittifoqni mustahkamlaşdan iborat. Şu bilan birga, YeI rahbariyati öz aholisini yagona Yevropa ozodlik qadriyatlari, demokratiyasi, tinçligi va huquqning ustunligini yaxşiroq ta'minlay olişiga işontirişi kerak.