BMT odamlar muammolariga köproq e'tibor qaratişi "byurokratik mantiq"qa kamroq amal qilişi kerak. Taşkilotning yangi saylangan boş kotibi Antoniu Gutteriş XXR taşqi işlar vaziri Van I bilan uçraşuvidan sönggi matbuot anjumanida şunday bayonot bergan.
BMTning bölğusi yangi boş kotibining qöşimça qilişiça, taşkilotning tinçlikparvarlik faoliyatini isloh qiliş juda muhim. "Biz tinçlikparvarlik faoliyatimizning yaxşi tayyorlangan, yaxşi jihozlangan holda insonlar ehtiyojlariga e'tibor qaratişini ta'minlaşimiz kerak", — degan Gutteriş.
U şuningdek, BMTning turli tuzilmalari örtasidagi muvofiqlaştiriş jarayonini takomillaştiriş zarurligini ta'kidlagan.

















