Niderlandiya hukumati  Şimoliy Yevropada parranda grippi tarqaşining oldini oliş maqsadida 190 mingga yaqin ördakni yöq qilişni buyurdi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

Ma'lum qilinişiça, ördaklarni yöq qiliş böyiça operatsiya Amsterdamdan 70 km uzoqlikda joylaşgan Biddingxyoyzen posyolkasida virus aniqlangandan keyin mamlakatning 6 ta fermasida ötkazilgan.     

Avvalroq parranda grippining öta yuqumli ştammi H5N8 Daniya, Şvetsiya, Germaniya va Finlyandiyada aniqlangandi. Ayni vaqtda Niderlandiyada aniqlangan virus ştammi Yevropaning boşqa davlatlarida jonzotlarni şikastlagan ştamm bilan mos kelişi noma'lum.

Ayni vaqtda bu davlatlarda insonning parranda grippi bilan kasallanişi holatlari qayd qilinmagan.