Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF hukumatining Rossiya va Özbekiston örtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş töğrisidagi kelişuvini ma'qulladi. Bu haqda Rossiya qonunçilik hujjatlari saytida e'lon qilingan. 

"RF hukumatining Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston Respublikasi örtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş böyiça şartnomani imzolaş böyiça taklifi qabul qilinsin", —deyiladi hujjatda. 

Tomonlar şartnoma doirasida harbiy maqsadlarga xizmat qiluvçi mahsulotlar, jumladan harbiy texnika, işlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalarini (xususan, intellektual mulk huquqini taqdim etiş) yetkazib berişi mumkin. 

Foto: publication.pravo.gov.ru