Fan-texnika | 16:27 / 29.11.2016
5395
1 daqiqa o‘qiladi

Foydalanuvchining harakatidan quvvatlanuvchi tashqi akkumulyator ishlab chiqildi

Barmoqlar harakatidan quvvat oladigan HandEnergy deb nomlangan maxsus akkumulyator ishlab chiqildi. Uni mobil qurilmalarni qayta quvvatlashda qo‘llash mumkin. 

HandEnergy akkumulyatori yumaloq shaklda bo‘lib, unga barmoqning aylana harakati bilan ishga tushuvchi rotor o‘rnatilgan. Barmoqlar mashqidan esa elektr quvvati hosil bo‘ladi. Uning hajmi 1000 mAsdir.

Gadjyetga har qanday USB-kabelni ulash va mobil qurilmani quvvatlash mumkin. Ammo, energiya ishlab chiqish jarayoni birmuncha sekinroq amalga oshadi, xususan, rotorni bir soatlar aylantirgach, akkumulyator hajmi to‘ladi. Shunga ko‘ra, HandEnergy mobil qurilma quvvatini kun davomida bir maromda saqlash imkonini beradi. 

Hozirda, HandEnergy akkumulyatorini ishlab chiqish uchun Kickstarter saytida mablag‘ yig‘ish jarayoniga start berilgan. Akkumulyator narxi buyurtma bo‘yicha 69 yevroni tashkil etadi. 

Mavzuga oid