Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroilda azonga nisbatan joriy qilingan çeklovlarga oid muzokaralarni xavfli deb atadi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

Isroil parlamenti mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyaxu taşabbusi bilan ilgari surilgan qonun loyihasini körib çiqmoqda. Unga köra, Şarqiy Quddus va Isroilning arab jamoalaridagi masjidlarda baland ovozda namozga çorlaş taqiqlanadi. 

"Bizga muammolarni keskinlaştiruvçi emas, ularni tartibga soluvçi qarorlar kerak. Sönggi paytlarda quloqqa çalinayotgan Isroildagi azon muhokamasi juda xavfli deb öylayman. U nafaqat falastinliklar, balki barça musulmonlarni haqorat qiladi va heç kimga foyda keltirmaydi. Biz isroillik rasmiylarga bu loyiha öz tasdiğini topgan taqdirda qanday xavfli oqibatlarga olib kelişi mumkinligi borasidagi xavotirmizni yetkazdik", - dedi Erdöğan Istanbuldagi simpoziumda sözga çiqqanda. 

Erdöğan "doimiy tinçlik uçun yagona yöl" borligi,  u ham bölsa, Şarqiy Quddusda öz poytaxtiga ega mustaqil Falastin davlatini barpo qiliş ekanligini ta'kidladi.